“Oʻzkimyosanoat” AJ va Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo va texnologiyalar universitetining Toshkent shahri filialida tarmoq korxonalarida faoliyat olib borayotgan laborant-xodimlar oʻrtasida “Eng yaxshi kimyoviy tahlil laboranti” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Qizgʻin oʻtgan koʻrik-tanlov natijalariga koʻra:
1-oʻrin – “Navoiyazot” AJ 33-Markaziy laboratoriya birlashmasi sexi 2-toifali reaktivlar ishlab chiqarish apparatchisi Sayyora Qosimova
2-oʻrin - “Maxam-Chirchiq” AJ Texnik nazorat boʻlimi laboranti Munira Erkinova,
3-oʻrin - “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ Absorbsiya, distillyatsiya, karbonizatsiya va filtrlash sexi laboranti Gulshat Umiraliyevalar egallashdi.
Yosh laborantlarga diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.







