欢迎访问我们的新网站! 旧版网站 •
Logo

俄罗斯门捷列夫化工大学 塔什干分校

“Eng yaxshi kimyoviy tahlil laboranti” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

七月 12, 2024
245 浏览量

“Oʻzkimyosanoat” AJ va Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo va texnologiyalar universitetining Toshkent shahri filialida tarmoq korxonalarida faoliyat olib borayotgan laborant-xodimlar oʻrtasida “Eng yaxshi kimyoviy tahlil laboranti” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

Qizgʻin oʻtgan koʻrik-tanlov natijalariga koʻra:

 

1-oʻrin –  “Navoiyazot” AJ 33-Markaziy laboratoriya birlashmasi sexi 2-toifali reaktivlar ishlab chiqarish apparatchisi Sayyora Qosimova

 

2-oʻrin - “Maxam-Chirchiq” AJ Texnik nazorat boʻlimi laboranti Munira Erkinova,

 

3-oʻrin - “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ Absorbsiya, distillyatsiya, karbonizatsiya va filtrlash sexi laboranti Gulshat Umiraliyevalar egallashdi.

 

Yosh laborantlarga diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.