Ekofaol


Filial talabalari va xodimlari o‘rtasida eko-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, ekologiya bo‘yicha ko‘ngillilar dasturlarini joriy etish va tarbiyaviy ishlar orqali ekologik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha topshiriqqa muvofiq, filialda bir qator tadbirlar o‘tkazildi.
Topshiriqni ijro etish davomida:
Talabalar o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muhimligi haqida tushuntirish va targ‘ibot suhbatlari o‘tkazildi;
Yoshlarning ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan ekologik yo‘nalishdagi turkum videoroliklar namoyishi tashkil etildi;
Ko‘ngillilar tashabbuslarini muvofiqlashtiradigan va ekologik xususiyatga ega tadbirlarda ishtirok etadigan faol talabalardan iborat eko-guruh shakllantirildi.


Filial talabalari va xodimlari o‘rtasida ekologik-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, ekologiya sohasida ko‘ngillilar dasturlarini joriy etish, shuningdek, tarbiyaviy faoliyat orqali ekologik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagilar ma’lum qilinadi:
Filialda ekologik-ma’rifiy ishlar tizimli ravishda tashkil etilgan. Talabalar va xodimlarning ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan mavzuli mashg‘ulotlar, davra suhbatlari, muhokamalar va aksiyalar o‘tkazilmoqda. Xususan, bo‘lim metodisti A. Masharipov tomonidan xodimlar uchun "Ekologik vaziyat" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Kuratorlik soatlari doirasida N. Muxtorov tomonidan talabalar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Filialda ekologik yo‘nalishdagi ko‘ngillilar dasturlari faol joriy etilmoqda. Filial talabalari "Yashil tashabbus", "Toza kampus", "Daraxt ek" aksiyalarida, shuningdek, chiqindilarni alohida yig‘ish va qayta ishlashga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar.



"Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida 'O‘zbekiston eko-ko‘ngilli talabalari' harakatini tashkil etish to‘g‘risida"gi buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent filialida jamoatchilik asosida ekologik harakat faoliyati izchil tashkil etilgan.
Ushbu ekologik harakat doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni mustahkamlash ustuvor vazifalar etib belgilangan.
Jamoatchilikni ekologik harakat faoliyati haqida keng xabardor qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘tkazilayotgan tadbirlarni muntazam yoritib borish yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, muassasaning rasmiy veb-saytida "Eko-faol talabalar" maxsus rukni yaratilgan bo‘lib, unda o‘tkazilayotgan tadbirlar, amalga oshirilgan loyihalar, fotohisobotlar hamda talabalarning ekologik tashabbuslari haqidagi ma’lumotlar doimiy ravishda joylashtirib boriladi.


2025–2026 o‘quv yili davomida D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent filialida talabalar va xodimlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mas’uliyatni kuchaytirish, shuningdek, barqaror rivojlanish tamoyillarini ommalashtirishga qaratilgan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida filialning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Z. Salaxova tomonidan birinchi bosqich talabalari bilan tushuntirish va ma’rifiy suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida talabalarga atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, kundalik hayotda ekologik madaniyatga rioya qilish, chiqindilarni saralash, shuningdek, energiya va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari batafsil tushuntirildi.
O'zbekcha
Русский
English
中文