Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

E’LON

Okt 16, 2026
26 ko'rishlar
E’LON

20-oktabr kuni Toshkent shahridagi D. I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filialida talabalar o‘rtasida «Yosh kitobxon» tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Tanlov yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish, shuningdek, talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etiladi.

Barcha kitobsevar talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga, o‘z bilimlarini, adabiyotga bo‘lgan mehrini va intellektual rivojlanishga intilishini namoyon etishga taklif qilamiz!

Sana: 2026-yil 20-oktabr
Vaqt: 15:30
Manzil: Filialning Axborot-resurs markazi

📖 Kitob o‘qing, dunyoqarashingizni kengaytiring va yangi bilimlar ufqini kashf eting!