Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar qabul qilinmoqda!

Okt 07, 2026
14 ko'rishlar
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar qabul qilinmoqda!

🗣 Mamlakatimizning iqtidorli, faol va qobiliyatli qizlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosib nomzodlarni saralash boshlandi.

✨ Nomzodlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z yutuqlarini taqdim etishlari mumkin:
🎓 Ta'lim va fan
🎨 Adabiyot va san'at
🏆 Madaniyat va sport
💻 Tibbiyot, axborot texnologiyalari va jamoat ishlari

📌 Asosiy talablar:
▫️ 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar;
▫️ 2024–2026 yillar davomida respublika va xalqaro miqyosdagi salmoqli yutuqlar.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tish tartibi
Nomzodlarni ro‘yxatga olish Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining Yagona axborot tizimi — ayol.gov.uz orqali, 'Zulfiya mukofoti' modulida amalga oshiriladi.

⌛️ Muhim: nomzodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar tizimga 10-oktabrgacha kiritilishi lozim.

💥 Shuningdek, yashash joyingizdagi tuman hokimining o‘rinbosarlariga yoki tuman oila va xotin-qizlar bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.

🌟 O‘z iqtidoringiz va salohiyatingizni namoyon eting — ushbu nufuzli mukofot sohibasiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!