2026-yil 17-sentabr kuni filialda yotoqxonada istiqomat qiluvchi talabalar bilan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda filial ijrochi direktorining mas'ul maslahatchisi U. Yusupov, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB katta profilaktika inspektori Sh. Boymatov, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning oldini olish bo‘limi inspektori leytenant S. Zulpikorova, shuningdek, yoshlar masalalari bo‘yicha xodim mayor T. Molashxiya ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, giyohvandlik profilaktikasi, kiberxavfsizlikni ta'minlash va jamoat tartibiga rioya qilish masalalari muhokama qilindi.
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi, jumladan, «zakladka» deb ataluvchi usul orqali tarqatilishi, shuningdek, internet va messenjerlar orqali kelib tushadigan shubhali takliflar bilan bog‘liq xavf-xatarlarga alohida e'tibor qaratildi.
Talabalarga jamiyatda xavfsiz xulq-atvor qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.






O'zbekcha
Русский
English
中文