Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

Filialda «Kelajak soati» tadbiri bo‘lib o‘tdi

Sen 18, 2026
24 ko'rishlar
Filialda «Kelajak soati» tadbiri bo‘lib o‘tdi

Kelajak soati: Inson kapitaliga sarmoya

2026-yil 17-sentyabr

2026-yil 17-sentyabr kuni soat 15:30 da filial faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-fevraldagi 28-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida «Kelajak soati» tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida «Inson kapitali nima va u nima uchun muhim?!» mavzusida ma'rifat darsi o'tkazildi.

Tadbirda «Falsafa» fani o'qituvchisi — Oydinoy Ravshanovna Kuyjanova ma'ruza qildi.

Dars davomida inson kapitali tushunchasi, uning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati, shuningdek, inson kapitalini shakllantirishda ta'lim, bilim, kasbiy ko'nikma va shaxsiy rivojlanishning o'rni bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqildi.

Tadbir talabalarning xabardorlik darajasini oshirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda muvaffaqiyatli kelajak uchun shaxsiy va kasbiy rivojlanishning muhimligini anglashni shakllantirishga qaratilgan.

  • 📅 Sana: 17-sen, 2026

  • 🕒 Vaqt: 15:30

  • 📍 Joy: Faollar zali

  • 👩‍🏫 Ma'ruzachi: Oydinoy Kuyjanova

  • 🎓 Kategoriya: Inson kapitali

Kelajak soati - 1-rasm
Kelajak soati - 2-rasm
Kelajak soati - 3-rasm