Har yili 16-noyabr kuni Xalqaro bag‘rikenglik (tolerantlik) kuni nishonlanadi — bu o‘zaro hurmat, mehribonlik, madaniy xilma-xillikni qabul qilish va insonlar birdamligi muhimligini eslatuvchi bayramdir.
Ushbu sana arafasida D.I. Mendeleyev nomidagi RKTU filialida xodimlar va talabalarni birlashtirgan «Biz turlichamiz, ammo birgamiz» nomli chellenj-aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ertalabdanoq filial binosida o‘zgacha iliqlik, mehr va do‘stona muhit hukm surdi. Aksiya ishtirokchilari tadbirga bajonidil qo‘shilib, ramziy «Tilaklar daraxti»da bir-birlariga samimiy so‘zlar, ezgu niyatlar va tilaklarni yozib qoldirdilar.
Talabalar va xodimlarning o‘z tilaklarini dunyoning turli tillarida aytishlari aksiyaning ayniqsa ta’sirli lahzasi bo‘ldi.
Ezgulik, tinchlik, do‘stlik va baxt so‘zlari yangrab, til, madaniyat va an’analardagi farqlarga qaramay, barchamizni umuminsoniy qadriyatlar birlashtirishini namoyish etdi.
«Biz turlichamiz, ammo birgamiz» aksiyasi shunchaki bayram tadbiri emas, balki birdamlik, o‘zaro tushunish va bir-biriga bo‘lgan hurmatning chinakam ramziga aylandi.
Axir bag‘rikenglik har birimizdan — shirin so‘z, samimiy tabassum va bir-birimizni borimizcha qabul qilishga tayyorlikdan boshlanadi!
Tadbirdan video
Bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan tadbirimiz qanday o‘tganini tomosha qiling.
O'zbekcha
Русский
English
中文