Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

🎓 Munosib mukofot: D. Mendeleyev nomidagi RKTU filiali dekani A.U. Abduraximova "Oliy ta'lim a'lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Sen 29, 2026
28 ko'rishlar
🎓 Munosib mukofot: D. Mendeleyev nomidagi RKTU filiali dekani A.U. Abduraximova "Oliy ta'lim a'lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida D. Mendeleyev nomidagi RKTUning Toshkent shahridagi filiali dekani A. U. Abduraximova "Oliy ta'lim a'lochisi" faxriy nishoni bilan taqdirlandi. Mukofotni vazir K. A. Sharipov topshirdi.

🎓 Munosib mukofot

Bugun, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida, D. I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali dekani A. U. Abduraximova "Oliy ta'lim a'lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Faxriy mukofotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. A. Sharipov topshirdi.

Ushbu yuksak mukofot A. U. Abduraximovaning kasbiy mehnati, ko'p yillik faoliyati va oliy ta'limni rivojlantirishga qo'shgan hissasi e'tirofidir.

D. I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali jamoasi A. U. Abduraximovani ushbu munosib mukofot bilan chin dildan tabriklaydi va kelgusidagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar hamda sermahsul mehnat tilaydi! 🌷

Tabriklaymiz!