Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

Yangiliklar va tadbirlar

Xalqaro hamkorlik

D. I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toşkent shahridagi filiali xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, xorijiy ta'lim muassasalari hamda sanoat korxonalari bilan akademik va ilmiy aloqalarni mustahkamlash, qöşma ta'lim dasturlarini joriy etiş hamda ta'lim xizmatlari eksportini kengaytiriş böyiça izçil va maqsadli faoliyat olib bormoqda.

Filialning xalqaro hamkorlik geografiyasi Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Belarus Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi va başqa davlatlarni qamrab oladi. Hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida fundamental kimyoviy ta'lim, ilm-fan, innovatsion işlanmalar, ilg'or kimyoviy texnologiyalar va farmatsevtika sohalari belgilangan.

Xalqaro faoliyatning ustuvor yönalişlari

  • Yetakçi xorijiy universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan institutsional sheriklikni kengaytiriş;

  • Bakalavriat va magistratura böyiça qöşma ta'lim dasturlarini («2+2», «3+2», «1+1» modellari asosida) ishlab çiqiş va amaliyotga tadbiq etiş;

  • Akademik mobillik dasturlarini rivojlantiriş, professor-öqituvçilar hamda talabalar uçun xalqaro stajirovkalarni taşkil etiş;

  • Xorijiy abituriyentlar va talabalarni filialda ta'lim olişga jalb etiş, «Study in Uzbekistan» davlat dasturi doirasida filial imkoniyatlarini keng targ'ib qiliş;

  • Xorijiy tinglovçilar uçun til va mutaxassislik böyiça maxsus tayyorlov kurslarini taşkil etiş;

  • Yuqori molekulyar birikmalar, farmatsevtika, tejamkor kimyoviy texnologiyalar va materialshunoslik sohalarida qöşma innovatsion hamda amaliy loyihalarni amalga oşiriş;

  • Kimyo-farmatsevtika tarmog'idagi transmilliy sanoat korxonalari bilan xalqaro ishlab çiqariş kooperatsiyasini mustahkamlash.

Asosiy xorijiy hamkorlar va qöşma loyihalar

Rossiya Federatsiyasi: Filialning tayanç strategik hamkori — D. I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti (Moskva ş.) hisoblanadi. Ta'lim standartlarini uyg'unlaştiriş, akademik almashinuv, hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlar va professor-öqituvçilar malakasini oşiriş tizimli asosda yölg'a qöyilgan. Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab ta'limi vazirligi hamda RF Maorif vazirligining «Xalqaro hamkorlik markazi» FDM bilan uç tomonlama hamkorlik doirasida «Mendeleyev maktabi» xalqaro ta'lim loyihasi muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi: Sian texnologiya universiteti, Sian neft universiteti, Xebey texnologiya universiteti, Chan'an universiteti, Tyanszin qişloq xöjaligi universiteti hamda Xenan amaliy texnologiyalar kasbiy kolleji bilan mustahkam hamkorlik aloqalari örnatilgan. Integratsiyalashgan ta'lim modellari va talabalar almashinuvini yölg'a qöyiş böyiça tegişli normativ-huquqiy baza tayyorlanmoqda.

Tojikiston Respublikasi: Xöjand shahridagi «Sanoat va servis instituti» nodavlat ta'lim muassasasi bilan ta'lim va fan sohasida amaldagi hamkorlik şartnomasi imzolangan.

Belarus Respublikasi: Belarus davlat texnologiya universiteti (BDTU) bilan magistratura dasturlarini muvofiqlashtiriş va ilmiy maqolalar tayyorlaş, şuningdek Toşkent shahridagi Qöşma Belarus-Özbek tarmoqlararo amaliy texnik malakalar instituti bilan faol hamkorlik olib borilmoqda.

Ozarbayjon Respublikasi: «Study in Uzbekistan» dasturi doirasida ATUIAB tashkiloti va «Timeline» kompaniyasi bilan ta'lim konsaltingi yönalişida hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda.

Turkiya Respublikasi: OSTİM uyuşmasi va Selçuk universiteti bilan amaliy kimyo, innovatsion loyihalar va texnologiyalar transferi sohasida hamkorlik yölg'a qöyilgan.

Pokiston Islom Respublikasi: «MIDCITY Housing» kompaniyasi bilan chet ellik talabalarni jalb etiş va oliy ta'limga tayyorlov bölimlarini taşkil etiş dasturi amalga oşirilmoqda.

Xalqaro sanoat hamkorligi: Filial kimyo-farmatsevtika sohasidagi yirik transmilliy korxonalar, jumladan «FosAgro» OAJ (RF), «ZUMA PHARMA», «Renfu», «AMI Polymer», «Glory Technology» va başqa tashkilotlar bilan ishlab çiqariş kooperatsiyasini kengaytirmoqda.

Ta'lim va fan masalalari böyiça xorijiy va (yoki) xalqaro tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar tög'risida ma'lumot

№DavlatTashkilot nomiŞartnomaning rekvizitlari va predmetiAmal qiliş muddati
1Tojikiston Respublikasi«Sanoat va servis instituti» nodavlat ta'lim muassasasi (Xöjand ş.)Ta'lim, akademik almashinuv va ilm-fan sohasidagi hamkorlik bitimi (12.06.2025 y.)12.06.2030 y.gaça
2Rossiya Federatsiyasi«FosAgro» OAJ («Özkimyosanoat» AJ bilan birgalikda)Kadrlar tayyorlaş va ilmiy-texnik hamkorlik tög'risidagi bitim (28.04.2025 y.)28.04.2026 y.gaça
3Rossiya FederatsiyasiRF Maorif vazirligining «Xalqaro hamkorlik markazi» FDM (Özbekiston Respublikasi MMTV bilan birgalikda)«Mendeleyev maktabi» xalqaro ta'lim loyihasini amalga oşiriş tög'risidagi bitim (22.05.2025 y.)22.05.2026 y.gaça
4Belarus Respublikasi / Özbekiston RespublikasiQöşma Belarus-Özbek tarmoqlararo amaliy texnik malakalar instituti (Toşkent ş.)Amaliy texnik malakalar sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim (18.03.2022 y.)18.03.2025 y.gaça (uzaytiriş jarayonida)
5Rossiya FederatsiyasiD. I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti (Bosh oliygoh)Ta'lim, ilmiy faoliyat va akademik aloqalarni taşkil etiş tög'risidagi Baş Nizom va BitimMuddatsiz

Ta'lim va fan masalalari böyiça xorijiy va (yoki) xalqaro tashkilotlar bilan tuzilişi rejalashtirilgan shartnomalar tög'risida ma'lumot

№DavlatTashkilot nomiRejalashtirilgan hamkorlik predmeti va yönalişiRejalashtirilgan muddat / Holati
1Xitoy Xalq RespublikasiSian texnologiya universiteti (Xi'an Technological University)Bakalavriat böyiça «2+2» qöşma dasturlari va talabalar akademik almashinuvi2026–2027 yy. (kelishuv bosqichida)
2Xitoy Xalq RespublikasiSian neft universiteti (Xi'an Shiyou University)Uglevodorod xomashyosini qayta işlash kimyoviy texnologiyasi böyiça qöşma dasturlar2026–2027 yy. (loyihalash bosqichida)
3Xitoy Xalq RespublikasiXenan amaliy texnologiyalar kasbiy kolleji«3+2» modeli asosida uzluksiz professional ta'lim dasturlari2026–2027 yy.
4Xitoy Xalq RespublikasiXebey texnologiya universiteti, Chan'an universiteti, Tyanszin qişloq xöjaligi universitetiAkademik mobillik, ilmiy xodimlar almashinuvi, qöşma nashrlar va talabalarni jalb etiş2026–2027 yy. (körib çiqilmoqda)
5Belarus RespublikasiBelarus davlat texnologiya universiteti (BDTU, Minsk ş.)«1+1» modeli asosida magistratura qöşma ta'lim dasturlari va tarmoqli hamkorlik2026–2027 yy.
6Turkiya RespublikasiOSTİM sanoat hududi, Selçuk universitetiAmaliy kimyoviy texnologiyalarni rivojlantiriş, qöşma innovatsion grant loyihalari2026–2027 yy.
7Ozarbayjon RespublikasiATUIAB tashkiloti, «Timeline» kompaniyasi«Study in Uzbekistan» dasturi doirasida filial salohiyatini targ'ib etiş va talabalarni jalb etiş2026–2027 yy.
8Pokiston Islom Respublikasi«MIDCITY Housing» kompaniyasiXorijiy talabalarni jalb etiş, Pokiston fuqarolari uçun tayyorlov bölimlarini taşkil etiş2026–2027 yy.
9Xalqaro kompaniyalar«ZUMA PHARMA», «Renfu», «AMI Polymer», «Glory Technology»Talabalar amaliyoti, stajirovkalar, polimer va farmatsevtika materiallari böyiça tadqiqotlar2026–2027 yy.