Seminarlar tsikli 8 dan 12-sentyabrgacha bo'lib o'tmoqda. Dastur doirasida Farg'ona viloyatidagi umumta'lim maktablarining 1 441 nafar kimyo o'qituvchilarini qamrab olish ko'zda tutilgan.

Tadbir Farg'ona viloyati hokimligi, Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.


Seminarlarning asosiy maqsadlari – kimyo o'qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy o'qitish metodikalarini joriy etish, maktablar va oliy o'quv yurtlari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, ilg'or pedagogik tajribalar bilan almashishdir.
Mashg'ulotlar davomida kimyo ta'limi sifatini oshirish, amaliyotga yo'naltirilgan yondashuvlarni qo'llash, o'quvchilarda tadqiqotchilik ko'nikmalarini hamda tabiiy fanlarga bo'lgan qiziqishni rivojlantirish masalalari ko'rib chiqilmoqda.

Seminarlar tsiklining o'tkazilishi kimyo o'qituvchilarini tizimli qo'llab-quvvatlash, maktab ta'limi sifatini oshirish hamda Farg'ona viloyatining iqtidorli yoshlarini tayyorlashda muhim qadam bo'ladi.
Bugungi kuchli o'qituvchi – ertangi kuchli mutaxassis va raqobatbardosh sanoat demakdir!


O'zbekcha
Русский
English
中文