Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

E'lon: Iqtidorli talabalar uchun "Top-100 kitobxon" tanlovi

Iyn 12, 2026
652 ko'rishlar
E'lon: Iqtidorli talabalar uchun "Top-100 kitobxon" tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosini ta'minlash maqsadida talaba va yoshlar o‘rtasida "Top-100 kitobxon" tanlovi e'lon qilinadi. Eng faol 100 nafar kitobxon bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

E'LON. Iqtidorli talabalar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Top-100 kitobxon" tanlovi va "Kitobxonlik" chellenji o‘tkazilmoqda.

Tanlov natijalariga ko‘ra, talaba va o‘quvchilar orasidan eng faol 100 nafar kitobxon bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 25 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlov maqsadlari:

  • ✅ kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;
  • ✅ yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish;
  • ✅ iqtidorli, faol va bilimli talabalarni qo‘llab-quvvatlash.

📖 Ishtirok etish uchun «Mutolaa» platformasidan ro‘yxatdan o‘tish va "Top-100 kitobxon" onlayn tanlovida ishtirok etish zarur.

Barcha talabalarni faol ishtirok etishga hamda o‘z bilimi, eruditsiyasi va kitobga bo‘lgan muhabbatini namoyish etishga chorlab qolamiz!

Ma'muriyat