Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

Yangiliklar va tadbirlar

DIQQAT, TALABALAR! INTERNETDA EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARŞI KURAŞIŞ BŌYIÇA MA’LUMOT

Okt 30, 2026
20 ko'rishlar
DIQQAT, TALABALAR! INTERNETDA EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARŞI KURAŞIŞ BŌYIÇA MA’LUMOT

Hurmatli talabalar!

Axborot xavfsizligini ta’minlaş, huquqiy savodxonlikni oşiriş hamda internet makonida ekstremistik va terroristik ḡoyalar tarqalişining oldini oliş maqsadida ijtimoiy tarmoqlar va boşqa internet-resurslardan foydalanişda e’tiborli bōlişingizni sōraymiz.

Quyidagi tavsiyalarga amal qiliş zarurligiga e’tiboringizni qaratamiz:

- Işonçli ma’lumot oliş uçun tekşirilgan va tavsiya etilgan axborot kanallaridan foydalaning.
- Ekstremistik, terroristik va radikal materiallarni tarqatuvçi internet-resurslar hamda kanallarga obuna bōlmang.
- Zōravonlik, ekstremizm va terrorizmga da’vat etuvçi materiallarni tarqatmang.
- Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga tanqidiy yondaşing.
- Şubhali yoki taqiqlangan kontentni aniqlasangiz, uni tarqatmang va bu haqda tegişli xizmatlarga xabar bering.

Tavsiya etilgan axborot kanallari rōyxati biriktirilgan PDF-faylda (yuklab oliş / oçiş) keltirilgan.

Universitet talabalarning internet xavfsizligi bōyiça xabardorligini oşiriş va taqiqlangan kontent tarqalişining oldini olişga qaratilgan axborot materiallari hamda eslatmalarni muntazam ravişda e’lon qilib boradi.

Ogoh bōling, olinayotgan ma’lumotlarga mas’uliyat bilan yondaşing va qonunçilik talablariga rioya qiling!

Axborot xavfsizligi — har birimizning mas’uliyatimizdir.