Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

RKTU Toshkent filiali xalqaro hamkorlikni rivojlantirmoqda: «Begin Edu Fair Tashkent»

Okt 07, 2026
12 ko'rishlar
RKTU Toshkent filiali xalqaro hamkorlikni rivojlantirmoqda: «Begin Edu Fair Tashkent»

2026-yil 6-oktabr kuni Toshkent shahridagi "AZIMUT Grand Hotel Tashkent" mehmonxonasida O‘zbekiston va xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, akademik almashinuvni kengaytirish, shuningdek, xalqaro ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan «Begin Edu Fair Tashkent» oliy ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD), Toshkentdagi Gyote instituti, "E-Quadrat Science & Education GmbH" va "Begin Group" kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.
Ko‘rgazmada D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali nomidan xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Shernayev A.N. va bo‘lim metodisti Raximov S.G. ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida Germaniya, Latviya, Malayziya, Ozarbayjon va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar va muzokaralar tashkil etildi. Muzokaralar davomida ta’lim va fan sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini, shuningdek, xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, akademik mobillikni rivojlantirish, talabalar uchun amaliyotlar va almashinuv dasturlarini tashkil etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro grantlarni jalb qilish, shuningdek, xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvlar davomida filial vakillari ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik bo‘yicha mavjud tajriba, shuningdek, xorijiy talabalarni ta’lim jarayoniga jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdilar.
Uchrashuvlar va muzokaralar yakuni bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilandi va o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Ushbu tadbirdagi ishtirok D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirishga, yangi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarini potentsial hamkorlar sifatida jalb qilishga, akademik mobillikni rivojlantirishga, shuningdek, filial talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun xalqaro ta’lim va ilmiy imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qildi.

Edu Fair 1
Edu Fair 3
Edu Fair 5
Edu Fair 4
Edu Fair 7
Edu Fair 2