Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

21-oktyabr — Oʻzbek tili bayrami kuni: D.I. Mendeleyev nomidagi RKTU Toshkent shahridagi filialining bayram tabrigi

Okt 21, 2026
17 ko'rishlar

Barcha yurtdoshlarimizni Oʻzbek tili bayrami kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

Ona tilimiz xalqimizning ulugʻ tarixi, boy madaniyati va milliy oʻzligining abadiy timsolidir. Tilimizning qadrini e’zozlash, uni yanada boyitish va kelajak avlodga sof holda yetkazish hammamizning muqaddas burchimizdir. Yurtimiz tinch, tilimiz mangu yashasin!

Har yili 21-oktyabr sanasida mamlakatimizda Oʻzbek tili bayrami kuni hamda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun keng nishonlanadi. Til — davlat timsoli, xalqning urf-odatlari, turmush tarzi va koʻp asrlik tarixini oʻzida aks ettiruvchi ma’naviy va madaniy boyligidir.

Aynan 1989-yil 21-oktyabr kuni davlat tilining huquqiy asoslarini belgilab bergan “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib, unga koʻra oʻzbek tili oʻzining qonuniy maqomi va huquqiy himoyasiga ega boʻldi. Keyinchalik, 2020-yil 10-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi va unga muvofiq 21-oktyabr rasman bayram sanasi etib belgilandi.

Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali rahbariyati, xodimlari, professor-oʻqituvchilari hamda talabalari tomonidan maxsus bayram videoroligi tayyorlandi.

Videotabrikda Filial rahbariyatining samimiy tilaklari, shuningdek, universitet xodimlari va talabalari ijrosida ona tilimizning buyukligi, goʻzalligi va boqiyligini madh etuvchi ta’sirchan she’riy misralar oʻrin olgan.

Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz hamkasblar, talabalar va yurtdoshlar! Davlat tilimizning maqomi va nufuzi yanada yuksalaversin, ona kalomimizga boʻlgan muhabbat esa qalblarimizda abadiy muhrlanib qolsin!

YouTube’dagi videoga toʻgʻridan-toʻgʻri havola: YouTube’da tomosha qilish