Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

Talabalar bilan giyohvandlikning oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik uchrashuv

Sen 18, 2026
6 ko'rishlar
Talabalar bilan giyohvandlikning oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik uchrashuv

2026-yil 17-sentabr kuni D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining (RXTU) Toshkent shahridagi filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni ijrosi doirasida talabalar bilan giyohvandlikning oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokor-narkologi Tojiboyev O‘ktam Asqarovich ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalarga giyohvandlik va psixofaol moddalarning salomatlikka salbiy ta’siri, qaramlik shakllanishining oqibatlari, shuningdek, profilaktika choralari haqida so‘zlab berildi. O‘z sog‘lig‘iga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish, xavfsiz xulq-atvor, zararli odatlardan voz kechish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida talabalarga giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qo‘shilib qolishning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.