Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

D.I. Mendeleyev nomidagi RKTU Toshkent filiali Ozarbayjon Respublikasi tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda

Iyn 22, 2026
585 ko'rishlar
D.I. Mendeleyev nomidagi RKTU Toshkent filiali Ozarbayjon Respublikasi tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda

Bokuda ilmiy-ta'limiy hamkorlikni, sarmoyaviy faoliyatni rivojlantirish va Ozarbayjondan abituriyentlarni jalb qilish maqsadida ATUIAB bilan hamkorlik memorandumi hamda "Timeline" MChJ agentligi bilan shartnoma imzolandi.

Memorandum imzolanishi

2026-yil 22-iyun kuni Ozarbayjon Respublikasining Boku shahriga xizmat safari doirasida D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent filiali Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Anvar Normamatovich Shernayev Ozarbayjon, turk va o‘zbek tadbirkorlari assotsiatsiyasi (АТУИАБ) raisi Ruslan Imanzade bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim, fan, innovatsiyalar va investitsiya faoliyati sohalarida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, jumladan, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ozarbayjonlik tadbirkorlarni jalb qilish hamda ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida D.I. Mendeleyev nomidagi RKTU Toshkent filiali hamda Ozarbayjon, turk va o‘zbek tadbirkorlari assotsiatsiyasi (АТУИАБ) o‘rtasida ta’lim, fan va investitsiya sohalarida uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uchrashuv jarayoni
Muzokaralar

Shuningdek, "Study in Uzbekistan" dasturi doirasida filial vakillari Ozarbayjon Respublikasining ta'lim agentligi — "Timeline" MChJ rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Ozarbayjondan D.I. Mendeleyev nomidagi RKTU Toshkent filialiga abituriyentlarni o‘qishga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Uchrashuv davomida agentlik vakillariga filial faoliyati, ta'lim dasturlari, xorijiy talabalarning o‘qish sharoitlari va qabul qoidalari haqida ma'lumot berildi. Ozarbayjon Respublikasidan bo‘lgan birinchi abituriyentga "Kimyoviy texnologiya" ta'lim dasturi bo‘yicha o‘qishga rasmiy taklifnoma topshirildi.

Taklifnoma topshirilishi
Abituriyent bilan uchrashuv

Imzolangan kelishuvlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ta'lim aloqalarini mustahkamlashga, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga va D.I. Mendeleyev nomidagi RKTU Toshkent filialiga xorijiy talabalarni jalb etishga xizmat qiladi.

Xotira rasmi