Mazkur xalqaro tadbir EFMD Global Network hamda Akkreditatsiya va Reyting Xalqaro Agentligi (ARIA) tomonidan tashkil etilib, Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlarning biznes maktablari, universitetlari hamda oliy ta’lim sohasi vakillarini bir maydonga jamlaydi.
📌 Seminar-trening davomida quyidagi muhim masalalar bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutilgan:
- Biznes va menejment ta’limini rivojlantirish;
- Ta’lim sifatini oshirish;
- Oliy ta’lim muassasalarining institutsional ta’sirini kuchaytirish;
- Ta’limning xalqarolashuvi;
- Biznes maktablari va universitetlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
🗓 Tadbir tafsilotlari:
📅 Sana: 2026-yil 21-oktabr
🕘 Boshlanish vaqti: 09:00
📍 Manzil: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, sobiq Moliya instituti binosidagi majlislar zali.
👥 Ishtirokchilar:
Tadbirda, ayniqsa, iqtisodiyot, tadbirkorlik, menejment va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar va mas’ul xodimlarning ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.
🔗 Ishtirok etish:
Tadbir dasturi va ishtirok etish shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
EFMD Global rasmiy sahifasi
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
ARIA mas’ul xodimi — Anvar Nizomov
Telefon: +998 93 993 93 53
E-mail: [email protected]
EFMD mas’ul xodimi — Eva Praibisova
E-mail: [email protected]
O'zbekcha
Русский
English
中文