Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

Nizom

Toshkent shahridagi (Oʻzbekiston Respublikasi) “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-technologiya universiteti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filiali toʻgʻrisidagi Nizom
(2020-yil 28-maydagi tahrirda, Rektorning 2020-yil 19-iyundagi №45-OD-sonli buyrugʻiga ilova, D.I. Mendeleyev nomidagi RKTU Ilmiy kengashi tomonidan 2020-yil 28-mayda tasdiqlangan)

D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali toʻgʻrisidagi ushbu Nizom “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi (qisqartirilgan nomi – D.I. Mendeleyev nomidagi RKTU) Ustavi asosida hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilgan.

1. Umumiy qoidalar
1.1. “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali (bundan buyon matnda – Filial) Rossiya Federatsiyasi Hükumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hükumati oʻrtasida Rossiya Federatsiyasi oliy taʼlim tashkilotlari filiallarini Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisidagi Bitimga (Toshkent sh., 19.10.2018) hamda Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy taʼlim vazirligining 2019-yil 28-avgustdagi №652-sonli buyrugʻiga muvofiq tashkil etilgan.
1.2. “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali (bundan buyon matnda – Filial) “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining (bundan buyon matnda – Universitet) Oʻzbekiston Respublikasidagi alohida tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va oliy taʼlim, qoʻshimcha professional taʼlim hamda bolalar va kattalarning qoʻshimcha taʼlimi taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim faoliyatini, ilmiy faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, taʼlim, ilmiy, ijtimoiy va boshqa funksiyalarni bajarish uchun tashkil etilgan.
1.3. Filial Universitet Ustavi va Universitet tomonidan tasdiqlangan Filial toʻgʻrisidagi nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
1.4. Filialning rasmiy nomi:
rus tilida:
toʻliq – филиал федерального государственного бюджетного образовательного учреждения высшего образования «Российский химико-технологический университет имени Д.И. Менделеева» в городе Ташкенте (Республика Узбекистан);
qisqartirilgan – филиал РХТУ им. Д.И. Менделеева в г. Ташкенте (Республика Узбекистан);
ingliz tilida:
toʻliq – Branch of Federal State Budgetary Educational Institution of Higher Education Dmitry Mendeleev University of Chemical Technology of Russia in the city of Tashkent (Republic of Uzbekistan);
qisqartirilgan – Branch of Dmitry Mendeleev University in the city of Tashkent.
1.5. Filialning joylashgan joyi – 100142, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulugʻbek tumani, TTZ-1 massivi, 47-uy.
1.6. Filialda taʼlim faoliyati Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Taʼlim tashkilotining Filial joylashgan joydagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
1.7. Filial yuridik shaxs hisoblanmaydi va oʻz faoliyatini D.I. Mendeleyev nomidagi RKTU Ustavi hamda ushbu Nizom asosida amalga oshiradi. Filial D.I. Mendeleyev nomidagi RKTUning alohida tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Filialga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hollar va tartibda yuridik shaxs huquqlari berilishi mumkin.
Normativ hujjatlar
May 20, 2026