Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

Tyutorlik

Sen 01, 2026
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Ushbu vakansiya arxivlangan

Ushbu lavozim uchun arizalar qabuli yopilgan.

Ish tavsifi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 11.2-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagilar ma’lum qilinadi.

Nomzodlarni baholashda taqdim etilgan hujjatlar, ma’lumoti, kasbiy tajribasi, suhbat natijalari hamda lavozimga muvofiqligini tasdiqlovchi boshqa ma’lumotlar inobatga olinadi.

Talablar

Tyutor lavozimiga nomzodlarni tanlash mezonlari:

  1. Amaldagi qonunchilik hujjatlari va lavozimga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqlik.
  2. Tegishli ma’lumotga ega bo‘lishi va ta’lim sohasidagi bilimlari.
  3. Talabalar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etishga ko‘maklashish qobiliyati.
  4. Pedagogik-psixologik bilimlar va muloqot ko‘nikmalari.
  5. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, talabalar bilan individual ishlash bo‘yicha ko‘nikmalar.
  6. Mas’uliyat, tashabbuskorlik, jamoada ishlash va kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish.
  7. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari.
Qabul yopilgan