2026-yil 22-oktabr kuni D. I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent filialida 150 nafar talaba-yoshlar ishtirokida «Tinchlik — eng oliy ne'mat» hamda «Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish!» shiorlari ostida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbir Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 18-sentabrdagi 01/15-2421-sonli XDFU xatida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash doirasida tashkil etildi.
Uchrashuvda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Alimov Xo'jageldi Mustafayevich tomonidan «Mo'tadillik va mutaassiblik» mavzusida talabalar bilan ochiq muloqot va profilaktik suhbat o'tkazildi.
.jpeg)
Samimiy va qizg'in ruhda o'tgan suhbat davomida quyidagi muhim masalalarga alohida e'tibor qaratildi:
- Talaba-yoshlarning diniy-ma'rifiy savodxonligini oshirish;
- Jamiyatda bag'rikenglik va o'zaro hurmat muhitini mustahkamlash;
- Yot g'oyalar hamda turli zararli mafkuraviy ta'sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish;
- Yoshlarni tinchlik, osoyishtalik va umuminsoniy hamjihatlikni qadrlash ruhida tarbiyalash.


«Tinchlikni asrash — har birimizning muqaddas burchimiz va mas'uliyatimizdir. Ma'rifat esa jaholatga qarshi kurashishning eng qudratli kuchidir!»
O'zbekcha
Русский
English
中文