Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

“Kelajak soati”: “Jadidlar. Tugallanmagan hikoyalar” mavzusida dars

Okt 08, 2026
29 ko'rishlar
“Kelajak soati”: “Jadidlar. Tugallanmagan hikoyalar” mavzusida dars

D. I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filialida “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Jadidlar. Tugallanmagan hikoyalar” mavzusida dars bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotni falsafa fani o‘qituvchisi O. R. Kuyjanova olib bordi. Dars davomida talabalar jadidchilik tarixi, uning atoqli namoyandalari faoliyati hamda ularning ta’lim, fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi bilan tanishdilar.

Dars ochiq muhokama shaklida o‘tkazildi. Mashg‘ulot talabalar bilimini kengaytirish, tarixiy-madaniy merosga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish hamda jadidlar g‘oyalarining zamonaviy jamiyat uchun ahamiyatini anglashga xizmat qildi.