Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

D.I.Mendeleyev nomidagi RKTU filialida Siyosiy qatag‘on qurbonlarini xotirlash haftaligi bo‘lib o‘tdi

Okt 09, 2026
28 ko'rishlar
D.I.Mendeleyev nomidagi RKTU filialida Siyosiy qatag‘on qurbonlarini xotirlash haftaligi bo‘lib o‘tdi

"Xotira va tarbiya" shiori ostida Siyosiy qatag‘on qurbonlarini xotirlash haftaligini o‘tkazish bo‘yicha topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida D. I. Mendeleyev nomidagi RKTU filialida tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Xotira haftaligi doirasida esselar tanlovi, rasmlar tanlovi va kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Haftalikning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, shuningdek, "Jadidlar: tugallanmagan hikoyalar" mavzusida "Kelajak soati" tematik darsi o‘tkazildi. Bundan tashqari, talabalar tarixiy voqealar va siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan insonlar taqdiriga bag‘ishlangan badiiy filmni tomosha qilishdi.

O‘tkazilgan tadbirlar tarixiy xotirani saqlash, yoshlarni o‘tmishga hurmat ruhida tarbiyalash, fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish va talabalarning o‘z mamlakati tarixiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan.