Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

Talabalar o'rtasida intellektual viktorina

Fev 21, 2026
351 ko'rishlar

 Filialda 2026-yil 20-fevral kuni murakkab tarixiy davrlarda jabr ko‘rgan buyuk pedagog va milliy tiklanish arboblari xotirasini keng targ‘ib qilish va xotirasini asrab-avaylash bo‘yicha 2025/2026 o‘quv yiliga oid chora-tadbirlar dasturi doirasida talabalar o‘rtasida intellektual viktorina tashkil etildi.

 Tadbirda 1-kurs talabalari ishtirok etishdi. Viktorina qizg'in va ma'rifiy muhitda o'tdi. Ishtirokchilar mamlakatimiz tarixi va ma’naviy merosiga bo‘lgan yuksak qiziqishlarini namoyon etdilar.

 Viktorina savollari atoqli pedagoglar, xalq ziyolilari, jumladan, ulug‘ siymolar hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlandi.

— Abdulla Qodiriy
— Abdulla Avloniy
— Mahmudxo‘ja Behbudiy

 Talabalar savollarga faol javob berib, tarixiy faktlar, madaniyat va milliy merosni yaxshi bilishlarini namoyish etdilar.

 Viktorina natijalariga ko'ra:

 I o‘rinni yuqori darajadagi tayyorgarlik ko‘rsatgan Asal Mirzatullayeva egalladi;
 II o'rin Babayants Natellaga berildi;
 Talaba Pak Nadejda uchinchi o‘rinni egalladi.

Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi tarixiy xotirani mustahkamlash, fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirish, yoshlarning mamlakatimiz ma’naviy-madaniy merosiga qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.