"O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyatida universitet rektори, professor Sergey Nikolayevich Filatov boshchiligidagi D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti (RXTU) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya tarkibiga RXTU xalqaro faoliyat bo‘yicha prorektori Dmitriy Sergeyevich Kadimov, D.I. Mendeleyev nomidagi RXTUning Toshkent shahridagi filiali ijrochi direktori B.E. Nurmatov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A.N. Shernayev ham kiritilgan.
Uchrashuv davomida tomonlar kimyo sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlash, shuningdek, ikki tomonlama ilmiy-ta’limiy hamkorlikni kengaytirish kabi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
RXTU Toshkent filialining kimyo sanoati ta’lim va innovatsion klasteridagi ishtirokini kengaytirish, dual ta’lim tizimini rivojlantirish, talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishni takomillashtirish va bitiruvchilarni kelgusida ish bilan ta’minlash mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, tomonlar kimyo tarmog‘i ehtiyojlariga qaratilgan qo‘shma ilmiy-ta’limiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlarni, akademik mobillik dasturlarini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha "O‘zkimyosanoat" AJ va D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini mustahkamlashga, ta’lim, fan va ishlab chiqarish hamkorligini chuqurlashtirishga, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga hamda kimyo sanoati uchun zamonaviy ta’lim va innovatsion muhit yaratishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
O'zbekcha
Русский
English
中文