Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

Filial haqida

D.I. Mendeleyev nomidagi RKTUning Toshkentdagi filiali — kimyo sanoati yetakchilari o‘chog‘idir!
2019-yilda tashkil etilgan filialimiz dunyodagi yetakchi kimyo-texnologiya oliy ta’lim muassasalaridan birining qismidir. Biz strategik tarmoqlar: kimyo, neft-kimyo va farmatsevtika uchun xalqaro standartlar asosida yuqori malakali muhandislik kadrlarini tayyorlaymiz. Ilg‘or muhandislik maktabi (IMM), zamonaviy laboratoriyalar va ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqlik tufayli talabalarimiz jahon andozalaridagi diplomlar hamda raqamli iqtisodiyotda ishlash uchun amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Biz haqimizda ko'proq bilib oling
Video
650+
Talabalar
10+
Dasturlar
150+
Professor-o'qituvchilar
5+
Laboratoriyalar

Ko'p so'raladigan savollar

Eng ko'p so'raladigan savollarga javob toping

Filialda ta’lim jarayoni qanday tashkil etilgan?
Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, bakalavriatdagi ta’limni shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi 1–2 kurs davomida talabalar umumiy kafedralarda tahsil olib, umumiy fanlarni o‘rganadilar (organik kimyo, noorganik kimyo, fizik kimyo, analitik kimyo, matematika va boshqalar). So‘nggi 3–4 kurslarda esa talabalar asosan o‘z mutaxassislik kafedralari bilan ishlaydilar va ixtisoslashtirilgan fanlarni chuqur o‘rganadilar.
Talabalar amaliyotni qayerda o‘taydilar?
Amaliy tayyorgarlik O‘zbekiston Respublikasining kimyo, neft-gaz, oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish va energetika sohalaridagi ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etiladi.
Grant asosida o‘qishga kirish mumkinmi?
Ha, mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4352-sonli “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Filial faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Ushbu mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga davlat grantlari asosida tahsil oluvchi talabalarni o‘qitish uchun ajratiladi. Bunda grant asosida qabul qilinadigan talabalar soni Filialga qabul qilinadigan umumiy talabalar sonining 40 foizidan oshmasligi kerak.
RKTU filialini tugatgandan keyin qayerda ishlash mumkin?
Kimyo-texnolog mutaxassislari neftni qayta ishlash, farmatsevtika, oziq-ovqat, metallurgiya sanoatida, shuningdek kosmetika, qurilish va pardozlash materiallari ishlab chiqarish korxonalarida yuqori talabga ega. Bundan tashqari, bitiruvchilar ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalarda faoliyat yuritishlari, shuningdek pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Filial laboratoriyalari qanday jihozlangan?
Filial o‘quv mashg‘ulotlari va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun eng zamonaviy stendlar, asbob-uskunalar hamda laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan. Quvonarlisi shundaki, Filialda yangi ta’lim yo‘nalishlari ochilayotgani sababli laboratoriyalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlari muntazam davom ettirilmoqda.

Savolingiz bormi?

Ma'lumotlaringizni kiriting

Telefon raqamingizni qoldiring va biz barcha savollaringizga javob beramiz!

UZ +998