O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar masalalari qo‘mitasining 2026-yil 26-fevraldagi 02-03/421-sonli buyrug‘iga asosan filialda atoqli o‘zbek shoirasi tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Siz bilan yana uchrashish baxti” mavzusida o‘tkazildi.
Kechaning faxriy mehmoni “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining davlat tilida ish yuritish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sanobar Abdurahmonova bo‘ldi. Dastur doirasida ishtirokchilar Zulfiyaning hayoti va ijodiy merosi, milliy adabiyotimiz rivoji, jamiyat ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Filial talabalari shoira she’rlarini ifodali o‘qish orqali zalda samimiyat va teran vatanparvarlik tuyg‘ulariga to‘la dildan oshiq satrlar yangradi.
Shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’rifiy viktorina alohida qiziqish uyg‘otdi. Uning natijalariga ko‘ra sovrinli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga esdalik diplom va rag‘batlantiruvchi sovg‘alar topshirildi.
Ma’naviy yuksalish va ijodiy ilhom muhitida o‘tgan adabiy kecha filial madaniy hayotida muhim voqeaga aylandi.
O'zbekcha
Русский
English
中文