Yangi veb-saytimizga xush kelibsiz! Eski sayt •
Logo

D.I.MENDELEYEV NOMIDAGI ROSSIYA KIMYO-TEXNOLOGIYA UNIVERSITETINING Toshkent shahridagi filiali

Kimyoviy texnologiya sohasida kasbiy bilim darajasini oshirish va amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv seminari.

Fev 25, 2026
292 ko'rishlar

Kimyoviy texnologiya sohasida kasbiy bilim darajasini oshirish va amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish, talabalarning startap loyihalarini shakllantirish va rag‘batlantirishga qaratilgan amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

 Tadbir davomida Filial talabalari o‘z tashabbuslari bilan ishladilar, ilmiy g‘oyalarni amaliy prototiplarga aylantirdilar hamda keyingi sinov va aprobatsiya bosqichlari uchun loyihalar tayyorladilar. Seminar davomida talabalar o‘z ishlari natijalarini taqdim etdilar, texnik yechimlarni namoyish etdilar va ishlanmalarni tijoratlashtirish istiqbollarini asoslab berdilar.

 Dasturga qiziqish va faol ishtirok etgan barcha talabalarga seminar yakunida tegishli sertifikatlar topshirildi.

 Amaliy yo‘nalish va ekspert ko‘magini ta’minlash maqsadida Innovatsion rivojlanish agentligining Innovatsion ekotizimni rivojlantirish va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Samandar Shukurov taklif etilib, u loyihalarni strukturalashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va kelgusida institutsional qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bo‘yicha tavsiyalar berdi.