Filialimizga tashrif buyurishdi
208, 210 va 187-sonli maktablarning 8, 10 va 11-sinf o‘quvchilari.
Tadbir davomida mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Maktab o‘quvchilari universitet laboratoriyalarida amaliy mashg‘ulotlarda ham qatnashib, o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilarga universitet logotipi tushirilgan esdalik sovg‘alari – futbolka va ko‘zoynaklar topshirildi.
Ochiq eshiklar kuni iliq, do‘stona va ma’rifiy ruhda o‘tdi va barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
O'zbekcha
Русский
English
中文